
Men nayman
Hakan Mengyuch
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Kirill
- ISBN
- 9789943822177
- Betlar soni
- 368
- Yili
- 2022
- Nashriyot
- Zukko kitobxon
- Muqova
- Ma'lumot yo'q
Bu bir safardir. Qamishzorlardan boshlanib,"Naychi nafasi" bilan o'z ruhini topadigan kamolot safaridir... Eshiklari sizga ochilgan, siz bilan boshlanib, siz bilan tugaydigan komillikdir... Munosabatlaringizni, tanangizni, ongingizni, yutuqlaringizni barqarorlashtirish yo‘lidagi harakatlaringizga yo‘riqnoma sifatida yozilgan ushbu kitob yolg‘iz o‘zingiz ocha olmagan eshiklarni oxirigacha ochish uchun siz bilan uchrashdi. Aslida, sizga kerak bo‘lgan bilimlar o‘zingizda har doim mavjud bo‘lgan. Yaratgan siz bilan har lahza gaplashgan, lekin siz esa Uni eshita olmagansiz, chunki ongingiz shovqin-suronlar ichida edi. Sizga yordam beradigan odamlar doimo bo‘lgan, lekin ularni hayotingizga kiritmagansiz, chunki qalbingiz boshqalarga ishonishni unutgan. Qarshingizga chiqqan har qanday to‘siqdan qochdingiz, chunki qalbingizda uxlab yotgan salohiyatingizdan voz kechgansiz. Hamma narsaning ro‘yobga chiqishi mumkinligiga ishonmay qo‘ygansiz. Gʻalaba, muvaffaqiyat va komillik izidan tinmay chopdingiz, lekin hech narsaga erisha olmadingiz, chunki vaqtning asiriga aylangansiz. Shunchalar tez va shoshqaloqsizki, ruhingiz tanangizdan ortda qolgan. Bu kitob orqali xotirjamlikni o‘rganasiz. Ohistalikni kashf qilganingizda tanangiz ruhingiz bilan birlashib huzur-halovat topadi. Bu kitobda to‘g‘ri nafas olishni o‘rganasiz. Munosabatlaringizni, ishingizni, yutuqlaringizni va sog‘ligingizni yangidan barpo qilasiz. Endi unutganlaringizning hammasini eslaysiz. O‘zingizdan yangi "men" yaratasiz. Mamnun qilmagan har narsani yiqish va yangidan barpo qilish vaqti keldi. Qo‘rqmang, axir, buning uchun sizda yetarlicha kuch bor. Men esa bu kuchingizni kashf etishingizga yordam beraman, xolos.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 50 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish