
Men Ok, Sen Ok
Tomas Xarris
- Kategoriya
- Psixologiya va Shaxsiy rivojlanish
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Kirill
- ISBN
- 9789943578821
- Betlar soni
- 320
- Yili
- 2022
- Nashriyot
- Info Capital Books
- Muqova
- Qattiq
Bu ko'hna zaminda har kuni millionlab chaqaloq dunyoga keladi va deyarli shuncha odam bu foniy dunyo bilan xayrlashadi. Buning orasidagi muddat esa «Hayot» deb atalib, har bir inson uni o'z bilganicha yoki boshqalarning tajribasiga suyangan holda yashab o'tadi. Аna shu hayotda qanday kun kechirgan maʼqul? Umrning poyonida afsus-nadomat chekmaslik uchun turmushda nimalarga eʼtibor berish kerak? Baxtli hayot kechirishning va boshqalarga quvonch ulashishning biz bilmagan sinoatlari ham bormi? Tomas Xarrisning qo'lingizda mutolaa qilish uchun ushlab turgan kitobi yuqoridagi savollarga tranzaktsion tahlil nazariyasi va amaliy qoidalari orqali javob berishga intiladi. Ushbu kitob psixologiya sohasidagi birinchi monografiyalardan bo'lib, tranzaktsion tahlil bo'yicha birinchi kitob hisoblanadi. Siz aziz o'quvchilar uchun eng muhim jihati asar muallifi nazariya va amaliyotni eng sodda siz uchun tushunarli va hayotda doim duch kelishingiz mumkin bo'lgan misollarni qo'llagan holda uyg'unlashtira olgan. Bu esa ushbu asardan nafaqat psixologiyaga oid ilmiy dunyoqarash balki, ruhiy quvvat olish imkoniyatiga ham ega bo'lishingizni ham anglatadi. Ushbu asar kitob javoningizdagi eng sara asarlar qatorida bo'lishiga ishonamiz.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 52 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish