Mervin. Meni izlasang topasan. Asirlikdan qutulish (ikkita kitob) muqovasi

Mervin. Meni izlasang topasan. Asirlikdan qutulish (ikkita kitob)

Umar Sevinchgul

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
9789943820371
Betlar soni
160
Yili
2022
Nashriyot
Misbah
Muqova
Qattiq

"Bu daftar men haqimda so'zlab beradi. Toki sen ham hayotimga guvoh bo'l. Seni taniganimdan so'ng xotiralarimni yozishga qaror qildim. Kundalik daftarimdagi qaydlardan foydalanib, har kuni kechqurunlari boshimdan o'tganlarni yozdim. Sen haqingda o'ylab, xuddi senga aytayotgandekman. Ammo hammasini yoza olmadim, vaqt yetmadi. Uddalay oldimmi, yo'qmi, bilmayman. Bu matnning biron-bir afzalligi boʻlsa, u ham samimiyatdir. Yozganlarimning barchasi haqiqat. Bu daftarni olib, tashlab yuborishing ham mumkin... Shu yo'sinda bir hayotdan qolgan izlar ham o'chirilgan boʻladi. Chunki boshqa nusxasi yoʻq. Ammo umidim shuki, boshqalar ham oʻqisin, bilsin. Chunki muhim davrga guvoh boʻldim. Ba'zi voqealarni shaxsan boshdan kechirdim. Sahifalar sir-asrorga toʻla. Ularning hech biri maxfiy qolmasligi kerak.” Inson qayerdan kelib, qayerga ketadi? Yashashdan maqsadi nima? O'lgandan keyin meni nimalar kutmoqda? Inson taqdiriga yozilganlarni boshidan o'tkazib, yana qanday qilib erkin boʻla oladi? Alloh shaytonni nega yaratgan? Koinotning boshqa joylarida ham hayot bormi?.. "Paygʻambarning nima keragi bor, aqlimiz hamma narsaga yetadi”, dedi bir do'stim. Deizm haqida gapirdi. U nima oʻzi?.. Savollar ruhga botadigan tikanlardir deganding bir suhbatimizda, Rostdan ham shunday. Bugungacha bekitib yashab keldim. Ruhimning teranliklarida kutayotgan bir qancha o'y xayolimdan ketmay qoldi. Javob izlashni doim kechiktirdim. Ularni yo'q deb hisobladim. Shirin hayotimga chegara qo'yadi deya tashvishlandim. Biroq yo'q deb hisoblagan bilan ular yo'q boʻlmaydi. O‘ylamaslik qalbimdagi og'riqni to‘xtatmaydi. Yetar, bas! O‘zimni tanishni, vasvasalardan qutulishni, taqdirim bilan yarashishni, e'tiqod bilan bor boʻlishni, halovatga erishishni istayman... birinchi kitob- 160 bet, ikkinchi kitob- 144 bet

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 42 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish