
Millatni kim isloh etar
Is'hoqxon To'ra Ibrat
- Kategoriya
- O'zbek adabiyoti
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- 9789910921179
- Betlar soni
- 192
- Yili
- 2024
- Nashriyot
- Yoshlar matbuoti
- Muqova
- Yumshoq
Is’hoqxon To‘ra Ibrat milliy uyg‘onish davrining faol ijodkorlaridan biri, serqirra iste’dod sohibi, ma’rifatparvar shoir, zabardast tilshunos, tarixshunos olim va ilk o‘zbek matbuotchilaridan hisoblanadi. Is’hoqxon Ibrat jahon ilmi va madaniyatida yaratilgan har bir ilg‘or yangilikdan o‘z xalqini bahramand etishga harakat qildi. O‘z davrida Qo‘qon adabiy muhitining yirik namoyandalari Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Nodim, Haziniylar bilan yaqin munosabatda bo‘lgan, adabiy mushoiralarda ishtirok etgan. Ibrat iste’dodli shoir sifatida uch: o‘zbek, fors va arab tillarida erkin ijod qilgan hamda she’rlarini to‘plab devon tuzgan. Ushbu kitobda Ibratning maqolalari, «Tarixi Farg‘ona», «Tarixi madaniyat», «Mezon uz-zamon» kabi ilmiy asarlari kiritilgan. E’tiborli tomoni Ibratning «Tarixi madaniyat» asari sharqshunos olim Sherali Qo‘ldoshevning ko‘p yillik mehnati natijasida ilk bora o‘zbek kitobxonlariga taqdim qilinmoqda.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz, Hilol Nashr, Qamar do'konlaridan 3 ta taklif topildi, narxi 17 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish