Morg ko'chasidagi qotillik muqovasi

Morg ko'chasidagi qotillik

Edgar Allan Po

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
9789910708558
Betlar soni
176
Yili
2025
Nashriyot
Yangi asr avlodi
Muqova
Qattiq

Amerika romantizmining buyuk vakili, adabiyotshunos va muharrir, zamonaviy detektiv janrining asoschisi, yozuvchi va shoir Edgar Allan Poning ijodini asosan ko‘plab fojiali, fantastik, hajviy hikoyalar tashkil etadi. Edgar Poning detektiv hikoya janrida orttirgan tajribalari A.K.Doyl, R.L.Stivenson, G.Chesterton singari yozuvchilar ijodida an’ana sifatida foydalanilgan, she’riy ijodi esa fransuz va rus ijodkorlariga ta’sir ko‘rsatgan. Yozuvchining "Bostonlik" taxallusi bilan "Buyuk Temur va boshqa she’rlar" nomli ilk she’riy to‘plami, shuningdek, "Ligeyya", "Morg ko‘chasidagi qotillik", "Tilla qo‘ng‘iz", "Vaqt o‘rog‘i", "Sukunat", "Yurak gupuri", "Vabo qiroli", "Mashhurlikning intihosi", "Qora mushuk" singari ko‘plab hikoyalari, shu bilan birga bir qator she’rlari ham o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Ushbu to‘plamda Edgar Allan Poning hikoya janridagi asarlari jamlangan.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz, Qamar do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 25 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish