Mo'ynali mantodagi Madonna muqovasi

Mo'ynali mantodagi Madonna

Muallif: ma'lumot yo'q

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Kirill
ISBN
9789943848214
Betlar soni
192
Yili
2022
Nashriyot
Factor Books
Muqova
Ma'lumot yo'q

Atoqli turk adibi va shoiri Sabohaddin Ali (1907 1948) qisqa umri davomida samarali ijod qildi, turmushning barcha mashaqqatlarini boshdan oʻtkazdi: musofirlikning qattiq nonini eyishga, uzoq vaqt zindonda kun sanashga majbur boʻldi, hammollikdan tortib muallimlik, tarjimonlik bilan shugʻullandi. Lekin hamisha yoniq fikr, yorqin tafakkur bilan yashadi, alamini muhabbat navolari hamda erksevarlik gʻoyalari bilan sugʻorilgan asarlar bitishdan oldi. Muallifning asarlari ilk marta bundan oltmish yil oldin oʻzbek tiliga tarjima qilingan boʻlsa-da (bolalarga atalgan kichik hikoyalar), oʻzbek kitobxoni Sabohaddin Ali ijodi bilan chinakam ma'noda "Moʻynali mantodagi madonna" romani orqali tanishishga muyassar boʻlmoqda, deyish mumkin. Adibning xotiralarida keltirilishicha, "Moʻynali mantodagi madonna" muallif harbiy xizmatni oʻtayotganda qoʻli singan paytda yozilgan. Yozuvchi asarni yozayotganida ogʻriqni bosish uchun qoʻlini bot-bot sovuq suvga pishib-pishib olgan ekan. Ta'bir joiz boʻlsa, "Moʻynali mantodagi madonna" Sabohiddin Alining tizzasi ustida yozilgan asardir. Alining boshqa asarlari singari ushbu romanning ham ayricha bir xususiyati bor dastlabki sahifalarni zerikibgina mutolaa qilishni boshlagan kitobxon besh-oʻn sahifadan keyin yuragida ajib titroqni tuyadi. Bir zamonlar dunyoning narigi chekkasida xuddi oʻziga oʻxshagan, ruhi ruhiga uyqash inson yashab oʻtganini, u bilan oʻrtalarida qil oʻtmas doʻstdek qadrdonlikni his qiladi. Bora-bora boʻgʻzini taxir gʻashlik achishtira boshlagan oʻquvchi kitobning soʻnggi sahifasini yopar ekan, oʻkirib yigʻlab yuborishdan, xoʻrsinik aralash koʻz yosh toʻkishdan oʻzini arang tiyib qoladi. Bugun ham oʻz qiymatini yoʻqotmagan ushbu asar nozikta'b kitobxonlarning koʻnglini zabt etishiga umid qilamiz.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish