Muhammad alayhissalomga muhabbat muqovasi

Muhammad alayhissalomga muhabbat

Muallif: ma'lumot yo'q

Qog'oz
Kategoriya
Diniy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Kirill
ISBN
9789943943650
Betlar soni
220
Yili
2024
Nashriyot
Nasim Kutub
Muqova
Qattiq

Kitob kirish qismidan tashqari beshta bo‘limdan iborat. Ana shu bo‘limlarda sevgi axloqini, Payg‘ambarimiz alayhissalomni nima uchun va qanday sevishimiz kerakligini, sahobalar U zot alayhissalomni qanday sevganliklarini, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarni qanday yaxshi ko‘rganliklarini, Janobimiz ummatlarini qanday yaxshi ko‘rganliklarini anglashga, anglatishga urinamiz. Kitobimizda bo‘lim sarlavhalari, sevganu sevilgan taraflar o‘zgaradi, o‘zgarmaydigan yagona narsa sevgi bo‘ladi, sevgi haqida suhbat quriladi, sevgi o‘rganiladi. Asarda asosiy e’tiborni asl sevgining qahramonlari bo‘lgan sahobai kiromlarning Payg‘ambarimiz alayhissalomni qay tarzda yaxshi ko‘rganlariga qaratmoqchimiz. Bu orqali ularning dunyosidan o‘z dunyomizga ibrat tashimoqchimiz. Muhabbatlari yo‘lida buyuk fidokorliklar qilgan zotlar o‘zlaridan keyingi musulmonlarga bu ish oddiy bo‘lmaganini ko‘rsatishgan. Bizning vazifamiz esa ularni to‘g‘ri anglash va anglatish; xotiralarini hissiyotlar hokim bo‘lgan suhbatlarga mahkum etmay, hayotlaridan o‘rnak olib, kundalik hayotimizda ham shunday yashashga intilishdir. Sizlarni sahobai kiromlarning hayotbaxsh iqlimlaridan haqiqiy sevgini o‘rganishga chorlar ekanmiz, Robbimiz bizga ham Muhammad sollallohu alayhi vasallamni o‘sha zotlardek xolis yaxshi ko‘rishni nasib etishini so‘raymiz. Kamchiliklardan xoli bo‘lmagan bu urinishimiz Payg‘ambarimiz alayhissalomga bo‘lgan muhabbatni kuchaytirishga oz-moz hissa qo‘shishi biz uchun eng katta yutuqdir. Harakat va g‘ayrat bizdan, natija esa Allohdandir.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz, Hilol Nashr do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 51 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish