Nechun yig'larsen, ey bulbul muqovasi

Nechun yig'larsen, ey bulbul

Muallif: ma'lumot yo'q

Qog'oz
Kategoriya
Diniy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Kirill
ISBN
9789943255029
Betlar soni
240
Yili
2018
Nashriyot
O'zbekiston
Muqova
Qattiq

Yunus Emro- XIII asrning oʼrtalari, XIV asrning boshlarida yashab ijod etgan buyuk turk shoiri, Xoʼja Аhmad Yassaviy, Mavlono Jaloliddin Rumiylarga ergashib, goʼzal soʼfiyona manzumalar yaratgan ilohiy ishq kuychisidir. Tili sodda, uslubi yengil va ravon, insonlarni haq va haqiqatga undaydi. Bir jihatdan oʼzbek xalq baxshilariga, ikkinchi yoqdan oʼzbek oʼquvchisi uchun Boborahim Mashrabga ohangdosh. Yunus Emroning hayot tarzi ham Mashrabga monand: umr boʼyi bir yerda qoʼnim topmagan, qoʼlida soz va tilida sheʼr ila shaharma-shahar, qishloqma-qishloq kezib, ijod namunalarini ohangga solib, xalq yigʼinlarida aytib yurgan. Oradan shuncha zamon oʼtsa hamki, Yunus Emro oʼz vatani Turkiyada va uzoq-yaqin xalqlar orasida maʼlumu mashhur, sheʼrlari sevib oʼqiladi, davralarda, toʼyu tantanalarda qoʼshiq qilib kuylanadi. Turk mumtoz sheʼriyatining ustoz shoiri bisotidan saralangan ushbu guldastani aziz kitobxonlarimizga zoʼr mamnuniyat ila taqdim etamiz.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish