Ochlik muqovasi

Ochlik

Knut Hamsun

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Kirill
ISBN
9789910911538
Betlar soni
268
Yili
2027
Nashriyot
Boshqa nashriyotlar
Muqova
Yumshoq

Och-nahor, xorlik va zorlikda oʻtayotgan azobli kunlar bir tomondan 30 yashar Knutning madorini quritayotgan, holdan toydirayotgan boʻlsa, boshqa tomondan shu koʻrgiliklar yangi “Ochlik” romani uchun mavzu boʻladi. Hamsun dastlabki boblar qoʻlyozmasini koʻtarib “Ny Jord” deb nomlangan haftalik gazetaning bosh muharriri Edvard Brandes huzuriga keladi. Muharrir qoʻlyozmadan ham, muallifning aftoda ahvolidan ham gʻoyat taʼsirlanadi. Matbuotda yozuvchining zoʻr berib, astoydil ishlayotgan yangi badiiy asaridan parchalar paydo boʻla boshlaydi. Roman parchalari favqulodda shov-shuv qozonadi. Butun Kopengagen adabiy muhiti hayratda: Hamsun deganlari kim boʻldi? U qayerda yashaydi?.. Bozor yoʻlaklarida faqirona hayot kechiradigan novcha, biroq yuzida qon yoʻq, eti suyagiga yopishgan bu oriq odamning ziyoratchilari birdaniga koʻpayib qoladi. Shu kundan eʼtiboran, xuddi ertaklardagi kabi Hamsunning hayoti shon-shuhrat va farovonlik nurlariga koʻmila boshlaydi. Kechagi “daydi” kutilmaganda mashhurlik tojining sohibi, badavlat mehmonxonalarning aziz mehmoniga aylanadi. Darrov “Amerika maʼnaviy hayoti”ni nashr etadigan homiylar ham paydo boʻladi. 1890-yilda Hamsunning “Ochlik” romani alohida kitob holida chop etilgach esa Yevropa adabiyotiga oʻz ovoziga ega navqiron va zabardast bir iqtidor sohibi kirib kelgani tan olinadi. Oʻsha yildan boshlab adib har yili bittadan emas, ikkitadan roman nashr etadigan boʻladi. Hamsun oʻzi his qilmagan, oʻzi koʻrmagan narsalar haqida kam yozgan. Lekin uning qaysidir kitobini boshidan to oxiriga qadar avtobiografik asar deb ajratib koʻrsatish kerak boʻlsa, bu, shubhasiz, “Ochlik” romanidir. Asar qahramoni — qishloqi bir yigit oʻzining ulugʻ yozuvchi boʻlish qobiliyatini sezib, yengil hayotdan voz kechadi, muhtojlikda qolsa ham ijod qilishdan qaytmaydi. Hamsunning qahramoni nafaqat ochlikdan, balki muloqotning yoʻqligidan, oʻzini ifoda etish imkonsizligidan iztirob chekadi. Psixologik proza janrida “Ochlik” jahon mumtoz adabiyoti durdonalari qatoridan joy olgan.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz, Hilol Nashr, Qamar do'konlaridan 3 ta taklif topildi, narxi 59 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish