O‘chmas sharaf. Sharof Rashidov hayoti va faoliyati tarix ko‘zgusida muqovasi

O‘chmas sharaf. Sharof Rashidov hayoti va faoliyati tarix ko‘zgusida

Muallif: ma'lumot yo'q

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Kirill
ISBN
9789943495975
Betlar soni
276
Yili
2017
Nashriyot
Dono nashriyoti
Muqova
Ma'lumot yo'q

Siyosiy fanlar doktori To‘lqin Alimardonov qalamiga mansub mazkur "O‘chmas Sharaf" monografiyasi buyuk davlat arbobi, ulug‘ adib, o‘zbek xalqining XX asrda yetishib chiqqan mutafakkir farzandi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlanadi. Monografiyada muallif davlat, jamiyat va xalq tarixi bilan shaxs va uning faoliyati tarixi o‘rtasidagi bog‘liqlikka doir turli ilmiy, nazariy qarashlar mohiyati yuzasidan fikr yuritar ekan, shaxsning millat va uning tarixida tutgan o‘rnini Sharof Rashidov timsolida ochib beradi. Tadqiqotda Sharof Rashidovning tarixda qoldirgan izi, hayoti va faoliyatining juda ko‘p qirralari tahlil qilinadi, xalq va shaxs, davlat va siyosat tarixiga oid ko‘plab yangi ma’lumotlar taqdim etiladi. Uni o‘qish davomida kitobxon millatning haqiqiy fidoyi farzandi tomonidan qaramlik sharoitida O‘zbekistonda qanchalar ulug‘vor ishlar qilinganini xolis tahlillar va dalillar vositasida anglab oladi. Monografiya yosh avlodni ajdodlar qilgan buyuk ishlardan xabardor qilish, shaxsning ziddiyatli va murakkab faoliyatini to‘g‘ri anglatish, real qahramonliklarini ko‘rsatib berish va ularga chuqur hurmat ruhida tarbiyalashda munosib manbadir.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish