
Oilaviy shifokorlar faoliyatida amaliy ko'nikmalar
Abdig'affor Gadayev
- Kategoriya
- Ilmiy-ommabop
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- 9789943906792
- Betlar soni
- 412
- Yili
- 2024
- Nashriyot
- Muharrir nashriyoti
- Muqova
- Qattiq
2016-yildan boshlab aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada yuqori saviyaga ko‘tarish maqsadida respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning qator farmon va qarorlari qabul qilindi. Ularda tibbiyot muassasalarida, shu jumladan, qishloq va shahar oilaviy poliklinikalari hamda oilaviy shifokorlik punktlarida tibbiy yordamni jahon andozalari darajasiga ko‘tarish va profilaktika chora-tadbirlarini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. Shularni e’tiborga olib, respublikamizdagi barcha tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida Simulyasion markazlar tashkil etildi. Ularda bo‘lg‘usi shifokorlar amaliy ko‘nikmalarni mulyajlarda robotlar yordamida o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu albatta, talabalarni amaliy ko‘nikmalarni mukammal o‘rganishlari uchun zamin yaratdi va bevosita bemorlar ko‘rigini o‘tkazishlarida ijobiy o‘zgarishlarga olib kelmoqda. Lekin koʻp sonli talabalar va oilaviy shifokorlar bilan o'tkazilgan suhbatlarda ular doim yonlarida bo'ladigan qo'llanmaga zarurat borligini aytishdi. Ushbu iltimoslarni inobatga olib 2014-yilda so'ngi marta nashr etilgan oilaviy shifokorlar uchun tayyorlangan birlamchi tizimdagi vrachlar bilishi lozim bo'lgan amaliy ko'nikmalarni bajarish qadamba-qadam bayon etilgan integral qoʻllanmani to'ldirilgan holda nashr etishga qaror qildik.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 95 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish