
Omonlik tilaylik
Muallif: ma'lumot yo'q
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Kirill
- ISBN
- 9789943209930
- Betlar soni
- 448
- Yili
- 2022
- Nashriyot
- Yangi asr avlodi
- Muqova
- Qattiq
Аziz kitobxon! Saylanmaning «Omonlik tilaylik» — nomli ikkinchi jildiga atoqli shoirimiz Mahmud Toirning 2003—2021-yillarda bitgan go'zal sheʼr va dostonlari kiritildi. Jumladan, «Mendan meni so'rama» (2003-2006), «Аhli muhabbat, qaydasiz?» (2006-2007), «Bedorlarga bering dunyoni» (2008-2012), «Yangi sheʼrlar» (2018) va «Men oftobga alishmagan ayollar» (2021) singari kitoblari va turkumlarini bezagan sheʼrlarda umrboqiy mavzular kuylanadi. Jonajon xalqimiz baxtu iqboli, Vatanimiz kamoli, istiqlol yillarida qo'lga kiritilayotgan yutuqlar, tinchlikni asrash, ota-onaga hurmat, do'stlik, muhabbat, iymon-eʼtiqod, sadoqat, mehr-oqibat kabi umumbashariy tuyg'ularni asrash haqidagi bu otashin sheʼrlar allaqachon minglab muxlislarini topgan. Shuningdek. «Omonlik tilaylik» to'plamiga ardoqli shoirning davr ruhi bilan sug'orilgan, xushyorlikka va uyg'oklikka chorlovchi, ayni kunlarda butun kurrai zaminimizda tobora dolzarb ahamiyat kasb etayotgan tinchlik-totuvlik mavzusidagi «Ogoh bo'l, dunyo!» hamda azaliy abadiy mavzu — muhabbat va sevgi jilvalari shirin iztiroblari vasfidagi "Oshik ohi" dostonlari kiritildi.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish