
Orientalizm
Edvard Said
- Kategoriya
- Tarix va Siyosat
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- 9789910601675
- Betlar soni
- 608
- Yili
- 2020
- Nashriyot
- Yangi asr avlodi
- Muqova
- Qattiq
Ushbu asar Edvard Vadi Said tomonidan yozilgan va zamonaviy ijtimoiy-gumanitar tafakkurda burilish yasagan muhim asarlardan biridir. Ilk bor 1978-yilda nashr etilganidan buyon qirqqa yaqin tillarga tarjima qilingan asarda muallif G'arb dunyosida Sharq haqidagi tasavvurlar qanday shakllanganini chuqur va tanqidiy ohangda tahlil qiladi. Uning ta'kidlashicha, "Sharq" tushunchasi oddiy jug'rofiy yoki madaniy haqiqat emas, balki G'arb tomonidan yaratilgan va mustahkamlangan g'oyaviy konstruksiyadir. Bu orqali G'arb o'zini rivojlangan, ratsional va ustun ko'rsatib, Sharqni esa aksincha - irratsional, qoloq va boshqaruvga muhtoj hudud sifatida talqin qilgan. Kitobning o'zbek tilidagi ushbu ilk nashrida asarning asosiy matni bilan bir qatorda, muallif tomonidan 1995-yilda ilova qilingan so'ngso'z hamda 2003-yildagi so'zboshi ham o'rin olmoqda.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz, Qamar do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 82 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish