
Orziqib kutaman ertani
Sidni Sheldon
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Kirill
- ISBN
- 9789943205215
- Betlar soni
- 368
- Yili
- 2021
- Nashriyot
- Yangi asr avlodi
- Muqova
- Qattiq
Amerika yozuvchisi Sidni Sheldon 1917 yilda Chikagoda tug‘ilgan. U ikkinchi jahon urushidan oldinoq Gollivudda kinossenarist sifatida shuhrat topdi. Darvoqe, S. Sheldon urushda AQSH Harbiy Havo Kuchlari uchuvchisi sifatida ishtirok etdi. U urushdan keyin ham kinoda ishlashni davom ettirdi. Uning qalamiga mansub olti pesa Brodveydagi teatrlar repertuaridan joy olib, shov-shuvlarga ham sabab bo‘ldi. Yozuvchi 1963 yilda EY-BI-SI korporatsiyasi bilan hamkorlikni boshlab, ikki yuzdan ziyod televizion ssenariylar yaratdi. Biroq S.Sheldonga jahon miqyosidagi shon-shuhratni kitoblari keltirdi. Uning asarlari bir yuz saksondan ortiq mamlakatda ellikdan ortiq tilda nashr etildi. Adibning qalamiga mansub ellikdan ortiq o‘tkir mavzuli asarlari orasida «Yarim tunning orqa tomoni», «Qonli qadam», «Farishtalar qahri», «Ko‘zgudagi darbadar», «Tong, kun, tun» kabi romanlari alohida o‘rin tutadi. S. Sheldon ko‘pdan-ko‘p adabiy va kino san’ati sohasida beriladigan nufuzli sovrinlarning, jumladan, Edgar Po nomli va Oskar mukofotining sohibi bo‘lgan. Adib umrining oxiriga qadar samarali ijod bilan band bo‘ldi. Sidni Sheldon 2007 yil yanvar oyida 90 yoshida vafot etdi. "Lukullov" olmosi g‘oyib bo‘libdi! Treysi fabrikadan xiyla narida joylashgan jamoat hojatxonasida niqobini yechdi. Qora qog‘ozga o‘ralgan qutini ko‘tarib bog‘ning o‘rindiqlaridan biriga borib o‘tirdi. Hammasi ko‘ngildagidek kechmoqda. Treysi bir pulga qimmat toshlarni yig‘ayotgan olomon haqida o‘ylab turib, kulib yubordi. U to‘q kulrang kostyum kiyib olgan, mo‘ylovsiz Jefning kelayotganini ko‘rdida, sakrab o‘rnidan turdi. Jef unga juda yaqin borib, og‘zi qulog‘iga yetib iljaydi. - Men seni sevaman. Jef bilintirmay cho‘ntagidan "Lukullov" olmosini olib, uni Treysiga uzatdi.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 35 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish