Oshiqlik ilmi muqovasi

Oshiqlik ilmi

Muallif: ma'lumot yo'q

Qog'oz
Kategoriya
Diniy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Kirill
ISBN
9789910938450
Betlar soni
420
Yili
2022
Nashriyot
Nasim Kutub
Muqova
Ma'lumot yo'q

Ishonmasangiz, sizga aytib bera olmayman. Axir muhabbat ishonishdan boshlanadi. Ishqu muhabbat yo'liga qo'limda bir atirgul novdasi bilan kirib kelaverdim. Savol bermadim ham, ishqu muhabbat deya nola ayladim. Zohidu darveshlar qirq kunda tamomlaydigan chillani qirq yilda tugatdim. Qirq yilda qirqta maftunkor kalimani qo'lga kiritdim va "Ishqu muhabbat ilmi" qo'limga kelib tushdi. Sukut nima ekanini tushundim, lekin jim tura olmadim. Balki, jim turganimda, ishqu muhabbat meni tark etib ham ketar edi. Shu sababli yo'lga ravona bo'ldim, keyin: Ishqu muhabbat yo'l yurmoqdir, deb aytdim, shunday deb bildim va shunga ishonch hosil qildim. Sukut qilishni mo'ljal qildim, lekin so'zlar shunchalar maftunkor ediki, ularni uvol qilgim kelmadi. "Ishqu muhabbat ilmi" umrimning xulosasidir. Ishq esa azaldan badanimgа bitilgan g'unchadir. Bu kitob ishqu muhabbatni tushunadiganlarning qo'lida, ishqu muhabbatni tarannum aylaganlarning tilida yillarni lahzaga aylantirsin. Mening tilimdan chiqqan har bir so'z, hatto sukutim ham ishqu muhabbatdan gap ochsin. Ishqu muhabbat o'zini tinglaydigan odamni izlamoqda, ishqu muhabbatning nomini tilga oladigan insonni qidirmoqda. Ishqu muhabbat sizni izlamoqda, sizning esa bundan xabaringiz ham yo'q, ey kitobxon! Muhabbat sizga yor bo'lsin!

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 65 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish