Ota izidan muqovasi

Ota izidan

Odil Yoqubov

Qog'oz
Kategoriya
Psixologiya va Shaxsiy rivojlanish
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
9789943686984
Betlar soni
144
Yili
2022
Nashriyot
Zabarjad media
Muqova
Qattiq

Farzand - otaning izdoshi, farzand - otaning g‘ururi, farzand otaning suyanchi. Bu ko‘pchilik biladigan oddiy haqiqat. Odil Yoqubov asari qahramoni bo‘lgan Shukurjon ham otasiga shunday sadoqat bilan ulg‘aygan ziyoli yigit. U bosmachilar bilan jangda halok bo‘lgan otasining diydorini ko‘rmagan, otasining bag‘rida orom olmagan, otasining erkalashlaridan bahramand bo‘lmagan. Bunday go‘zal va eng shirin tuyg‘ularga qalbi tashna bo‘lib voyaga yetgan. Afsuski, ona ko‘kragini har tun qo‘msaydigan go‘dak bu mehrdan ham mosuvo bo‘lib, ona tomonidan buvisi qo‘lida tarbiya topadi. Buvisi Shukurjonni ota-onasiga mehr tuyg‘usi bilan voyaga yetkazadi, unga har oqshom uyqu oldidan otasining qahramonligi haqida go‘zal hikoyalar so‘zlab beradi. Voyaga yetgan Shukurjon endi otasi ruhini shod qilish, uning pok nomini oqlashni o‘zining farzandlik burchi deb biladi, shunga ahd qiladi. Ammo bu yo‘lda uning oldida bir qancha to‘siqlar paydo bo‘ladi. Yosh kitobxon do‘stim! Keling, asarni birgalikda o‘qiylik, Shukurjonga xayrixoh bo‘laylik.  

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz, Hilol Nashr, Qamar do'konlaridan 3 ta taklif topildi, narxi 13 500 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish