
Otam haqida
Habibulla Qodiriy
- Kategoriya
- Ilmiy-ommabop
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Kirill
- ISBN
- 9789910601057
- Betlar soni
- 528
- Yili
- 2025
- Nashriyot
- Yangi asr avlodi
- Muqova
- Qattiq
O‘zbek adabiyotining asoschilaridan biri Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi g‘oyat boy va sermazmun. Atoqli so‘z san’atkorining ijodini ilmiy o‘rganish u hayotligidayoq boshlangan. Vaqt o‘tishi bilan Abdulla Qodiriy ijodi yanada salmoq va mazmun kashf etdi. Adib shaxsiga qiziqish ortdi. Ushbu kitob adibning o‘g‘li, taniqli qalamkash va shifokor Habibulla Qodiriy qalamiga mansub. Asar muallifi Abdulla Qodiriy hayoti, asarlarining yozilish tarixi haqida maroq bilan hikoya qiladi. Muallif faqatgina otasi haqida ma’lumot berib qo‘ya qolmay, balki yigirmanchi-o‘ttizinchi yillarda yashab ijod etgan ko‘pgina adiblar, olimlar haqida ham, Abdulla Qodiriyning rus yozuvchilari bilan do‘stona munosabatlari borasida ham so‘z yuritadi. Bu asar o‘sha davr adabiyotini, madaniy hayotini o‘rganishda qimmatli manbadir.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz, Hilol Nashr, Qamar do'konlaridan 3 ta taklif topildi, narxi 66 500 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish