
O'tmishdan ertaklar
Abdulla Qahhor
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- Nashrga qarab farq qiladi
- Betlar soni
- 160
- Yili
- 2023
- Nashriyot
- Nashrga qarab farq qiladi
- Muqova
- Yumshoq
"O‘tmishdan ertaklar" - o'zbek adabiyotinining zabardast vakili bo'lgan Abdulla Qahhor ijodiy merosida nafaqat yozuvchining bolaligidan hikoya qiladi, balki o'tgan asr boshlarida millat bolalarining mashaqqatli hayoti xususida so'z yuritadi. Nafaqat bolalar, katta avlodning savodsizligi, davr fojialari jonli va ochiq-oydin tasvirlanadi. To'plamning ikkinchi qismi bo‘lgan hikoyalar ham o‘zbek adabiyotining ma’naviy boyligidir. Yozuvchining ilk hikoyalar to'plami 1932-yilda chop etilgan. Bugungacha bo‘lgan davr mobaynida o'zbek adabiyotida, jumladan, hikoyanavislikda juda ko'p asarlar yaratildi. Sara hikoyalar, deya e'tirof etilgan bir qancha ijod namunalari o'quvchilar hukmiga havola etildi. Ammo Abdulla Qahhor hikoyalari yillar chig'irig‘ini pisand etmay, hamon sevib o‘qiladi. Adib qahramonlari o‘quvchi uchun qadrdon va ardoqli. Mutolaada keyingi tanaffusda Unsin uchun qayg‘uramiz, Turobjonning xotiniga anor ilinamiz, Qobil boboga taskin bergimiz keladi, ming bir jonli Mastura va uning vafodor eri Akromjonga havas qilamiz. Sodda va kamtar insonlar sizni suhbatga chorlaydi. Beixtiyor yana mutolaaga o'tirasiz. Abdulla Qahhor asarlarida ana shunday ohanrabo bor...
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz, Hilol Nashr do'konlaridan 3 ta taklif topildi, narxi 13 500 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish