Oy va sariq chaqa muqovasi

Oy va sariq chaqa

Somerset Moem

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Kirill
ISBN
9789943208933
Betlar soni
246
Yili
2021
Nashriyot
Yangi asr avlodi
Muqova
Qattiq

Inson ruhan tanazzulga yuz tutmasligi, o‘zining yashirin shaxsiyatiyu asl «men»ini yo‘qotib qo‘ymasligi uchun keskin burilish yasashga kuch topishi va qat’iy qaror qabul qilishiga hech narsa, hatto vaqt ham to‘sqinlik qilmasligi lozim. Ha, hech qachon «endi kech» tamoyiliga aldanib qolmang. Sizni harakatsizlantirib qo‘ygan qobiqlar, zerikarli qonun-qoidalar, omma uchun odatiy bo‘lib qolgan qoliplardan xalos bo‘ling. Eng muhimi, o‘zligingizga qarshi yashamang. Asar nima haqida ekanligini payqagandirsiz?! Romanning bosh qahramoni qirq yoshli Charlz Striklend asli savdo olami kishisi bo‘lsa-da, o‘zida san’atga nisbatan ilohiy kuch mujassam ekanligini avvalboshdan his etardi. Bu yo‘lda u hatto oilasini tashlab, Parijga bosh olib ketadi. Striklend, tom ma’noda ilohiy qobiliyat sohibi edi, lekin san’at undan yaxshigina badal ham talab qiladi. Uning o‘z ayoli va farzandlarini yolg‘izlatib ketishi hamda og‘ir damda ko‘makdosh bo‘lgan qadrdoni Dirk Struve yaxshiliklariga aks ta’sir ko‘rsatishi, ayni paytda Blansh Struve muhabbatiga nisbatan adolatsizligi, uning hayotiga zomin bo‘lishi rassom qismatining naqadar murakkab ekanini ko‘rsatadi. Striklend instinktlarga bo‘ysunmaydi, u uchun ijtimoiy talablar mutlaqo ahamiyatsiz. Asar davomida qaxramon hech vaqosiz - sariq chaqasiz tasvirlansa-da, ammo hayotining so‘ngida insoniyatga daxldor, mukammal san’at asari yaratib ketadi.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 33 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish