
O'yin
Xurshid Do'stmuhammad
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Kirill
- ISBN
- 9789943209756
- Betlar soni
- 384
- Yili
- 2022
- Nashriyot
- Yangi asr avlodi
- Muqova
- Qattiq
Bolalikda yuz bir xil o‘yin o‘ynamagan odam bormi?! Lekin o‘yin... faqat o‘yin emas. Bolalik o‘yinlari, o‘g‘ildir-qizdir, har bir insonni katta hayotga tayyorlaydi, chiniqtiradi, toblaydi. Chunki bolalik o‘yinlarining har birida katta hayotning barcha manzaralari - kurash, g‘alaba, mag‘lubiyat, quvonch va alam, epchillik va makkorlik, halollik va mug‘ombirlik mujassam. Taniqli adib Xurshid Do‘stmuhammadning navbatdagi romanida eski Toshkentning torgina bir ko‘chasida yashovchi qo‘shni bolalarning o‘yinlar dunyosi ajib bir tarzda hikoya qilinadi. Tabiiy, tengqur, sho‘x-shodon bolakaylar o‘z o‘yinlari-sarguzashtlari orqali kattalarning murakkab hayotiga kirib borayotgan bir paytda qadimiy mahalladagi turar-joylar buzila boshlanadi, shu sabab ko‘ch-ko‘ch avjiga minadi, bolalar dunyosi parokanda bo‘ladi. Oldinda kelayotgan hayot ularni qanday kunlarga ro‘para qiladi? Oradagi bokira mehr-oqibat, do‘stlik rishtalari-chi?.. Roman har bir kitobxonni o‘z bolalik dunyosiga qaytaradi, shavq-zavqqa to‘la xotiralarini yodga soladi.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 55 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish