
Oyning oltin o'rog'i
Muallif: ma'lumot yo'q
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- 9789943283862
- Betlar soni
- 192
- Yili
- 2020
- Nashriyot
- O'zbekiston
- Muqova
- Qattiq
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, iste’dodli adib O‘lmas Umarbekov o‘nlab hikoyalar, qissalar, romanlar, dramatik asarlar muallifidir. U o‘z asarlarida hamisha insonlardagi ma’naviy axloqiy fazilatlarni ardoqlashga, ulug‘lashga intilgan. «Hikoyalar xazinasi» rukni ostida «Oyning oltin o‘rog‘i» kitobiga adibning eng sara hikoyalari jamlangan. Ushbu hikoyalarda turli xarakterdagi insonlarning taqdiri, kechinmalari, o‘y-fikrlari, voqea-hodisalar o‘ziga xos san’atkorona tarzda tasvirlangan. Shu sababli bu hikoyalarni o‘qish jarayonida o‘quvchi goh o‘yga toladi, goh gohida esa, o‘zini ayni qahramonning o‘rniga qo‘yib, bunday vaziyatda men nima qilgan bo‘lardim, degan savolni o‘z oldiga qo‘yadi va yechimini axtaradi. Taqdim etilayotgan hikoyalarda o‘sha davr ruhini saqlab qolish maqsadida shaharlar va ayrim atamalar nomi asliyatga asosan qoldirildi. Mazkur hikoyalar to‘plami barcha yoshdagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, kitob javoningizga eng yaxshi tuhfa bo‘ladi, degan umiddamiz.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 15 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish