
O'zbek: Eskirgan tarix va yangi o'zlik
Baxtiyor Alimjonov
- Kategoriya
- Tarix va Siyosat
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- 9789910506154
- Betlar soni
- 128
- Yili
- 2026
- Nashriyot
- Yoshlar matbuoti
- Muqova
- Qattiq
Qo'lingizdagi kitob tarix fanini shunchaki o'tmish xotiralari to'plami sifatida emas, balki "o'zbek"ning buguni va kelajagini shakllantiruvchi tirik jarayon sifatida tadqiq etadi. Muallif an'anaviy akademik qoliplardan voz kechib, "Tarix nima?", "U siyosatga xizmat qiladimi?" kabi fundamental savollardan tortib, tarixning jinnixona, qamoqxona va hatto kosmos bilan bog'liq kutilmagan jihatlarigacha tahlil etishga harakat qiladi. Asarda o'zbek davlatchiligi va jamiyati rivojlanishidagi eng og'riqli nuqtalar - tarixning dekoloniallashtirish, sovet davri tarixshunosligi asoratlari va elitalar tarixi masalalari o'rtaga tashlanadi. Shuningdek, tarixning geografiya, sotsiologiya va psixologiya bilan aloqalarini yangicha rakursdan yoritib, o'quvchini o'zlikni anglashga, "eskirgan" qarashlardan xalos bo'lib, milliy tarixga yangicha nigoh bilan boqishga undaydi. Ayollar va boylar tarixi, iqlim va tilning tarix bilan aloqalari kabi mavzular esa asarning qamrovini yanada kengaytiradi.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 38 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish