Payg'ambarimni taniyman muqovasi

Payg'ambarimni taniyman

Muallif: ma'lumot yo'q

Qog'oz
Kategoriya
Diniy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Kirill
ISBN
9789943948730
Betlar soni
384
Yili
2024
Nashriyot
Munir
Muqova
Qattiq

Kitobning avvali bir go‘dakning dunyoga kelishi bilan boshlanadi. Keyin u bolakayning tabiatida uni boshqalardan ajratib turuvchi fazilatlar sezila boshlaydi. Ulg‘ayganidan so‘ng ma’lum vaqt savdo-sotiq ishlari bilan shug‘ullanadi, keyinchalik uylanadi, farzandli bo‘ladi... Keyin siz ham mutolaa davomida u duch kelgan hodisalarga duch kela boshlaysiz. Go‘dakligida unga ko‘z-quloq bo‘lishni, bolaligida u bilan birga o‘ynashni, ulg‘aygach do‘stlashishni, tijorat uchun yo‘lga chiqqanida karvoniga qo‘shilishni xohlaysiz. Turmush qurib, ota bo‘lganidan so‘ng esa shu oilaning a’zosi bo‘lishni istab qolasiz. Xayolan o‘sha zamonlarga tushib qolganday bo‘lasiz, go‘yo. So‘ng hikoya davomida siz suygan qahramonning ko‘zlarida bir ma’yuslik aks etadi, doim tabassumli yuziga qayg‘u soya sola boshlaydi. Nimaga degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bular ortida esa hamma narsa endi boshlanayotgan bo‘ladi. Kutilgan xushxabar amalga osha boshlaydi. Kitobni o‘qib bo‘lgach esa biz hayotimizdagi eng buyuk inson bilan tanishganimizni tushunib yetamiz. Bu bir tanishuv va muhabbat qissasi bitilgan kitobdir.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish