
Qalbingni uyg'ot
Нуъмон Алихон
- Kategoriya
- Diniy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Kirill
- ISBN
- Nashrga qarab farq qiladi
- Betlar soni
- 224
- Yili
- Nashrga qarab farq qiladi
- Nashriyot
- Nashrga qarab farq qiladi
- Muqova
- Nashrga qarab farq qiladi
Bugungi kunda insonlarni tashvishga solayotgan muhim masalalarni aniqlash, bu boradagi fikrlarini muhokama qilish uchun yoshlar bilan goh talabalar turar joyida, goh konferensiya zallarida tez-tez uchrashib turaman. Har safar yoshlarga qaraganimda ular "o'zlari tushuna oladigan" tilda suhbat eshitishni xohlashayotganiga guvoh bo'laman, ayniqsa, mavzu diniy mazmunda bo'lsa. Bugungi yoshlar qalbga singishi oson bo'lgan, o'z hayotida aks ettirish qiyin bo'lmagan, ularni kamsitmaydigan, aksincha, ularning ichki olamini aniq tasvirlab bera oladigan ravon tilli suhbatlarga muhtoj. Bugungi kunda o'zini ulardan katta olib ma'ruza qilish uslubi yoshlarga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydi. Aksincha, ularni tushunishlarini va boshqalar ularga hukm qilmasliklarini xohlaydilar. Shuning uchun ma'ruza qiluvchi inson Islomni qiyin qilib ko'rsatuvchi murakkab jumlalar o'rniga Islom asoslari singdirilgan zamonaviy hikoyalar hamda quvnoq misollar bilan boyitilgan uslubdan foydalanishlari kerak. Tajribam shuni ko'rsatadiki, bugungi yoshlar hech qachon amalga oshirib bo'lmaydigan uzoq va keraksiz maqsadlarga emas, aksincha, yaqin kelajak uchun qo'yilgan kichik rejalar va o'zlari qila oladigan narsalardan ko'proq hayratda qolishadi. Shuningdek, boy shaxsiy tajribaga tayangan o'z-o'zini tanqid qilish uslubi ham foydali bo'ladi. Agar ma'ruzachi o'zgalarning "mukammal" va "ibratli" hayot yo'li haqida tinmay gapiraveradigan bo'lsa, ushbu "mukammallik" va "komillik" nazariyasiga yo'g'rilgan nutq biroz muddatdan keyin eshituvchini umuman qiziqtirmay qo'yadi. Shu bilan birga, zamonaviy asrda texnologiya bizga taqdim etayotgan cheksiz imkoniyatlarga nazar solsangiz, bizga ushbu tamoyillarni o'zida jamlagan samimiy va aqlli uslublar zarurligiga amin bo'lamiz. Chunki bugungi yoshlarimizning eski va qalin kitoblarni o'qib bosh qotirishlariga vaqtlari ham, ishtiyoqi ham yo'q. Shuning uchun ham biz Islom dinining asl tamoyil va go'zalliklarini yoshlarimizga yuksak iltifot bilan taqdim etishimiz kerak. Agar buni "Islom tilini qayta tiklash" deyish joiz bo'lsa, aynan shunday qilishimiz kerak.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz, Hilol Nashr do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 44 500 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish