Qamal muqovasi

Qamal

Ismoil Shomurodov

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Kirill
ISBN
9789943209367
Betlar soni
368
Yili
2022
Nashriyot
Yangi asr avlodi
Muqova
Qattiq

Romanda XVI asr voqealari qalamga olinadi. Bir oylik qamal. Qamalki, tarixni o‘zgartirmoqchi bo‘lgan xonlarning achchiq iztirobi, nadomati bilan tugaydigan iqror. Qamalki, yovuz bir otaning o‘z qizini o‘limga mahkum qilib, o‘sha hukm ortidan butun bir xalqning, bir hududning parokanda bo‘lishini tomosha qilishi... Abdullaxon davrida yuz bergan Toshkent qamalini tasvirlar ekan, yozuvchi, muhosaradan ko‘ra, odamlar ruhiyatini tasvirlashga ko‘proq urg‘u beradi. Tarixiy shaxslar ortidagi ikkinchi, uchinchi emas, hu-uv, nechinchidir o‘rinda turadigan oddiy odam — oshpaz yigit, Jonpo‘lat timsoli asarning bosh qahramoni sifatida ifodalanadi. U urushni taqdiri deb bilgan navkar emas, tarixni biz yaratamiz, o‘zgartiramiz, degan xonzoda ham emas. O‘ziga berilgan topshiriqni bajarishga, buning uchun jonidan kechishga, sadoqatiyu so‘zida sobit xizmatkorning muqarrar o‘limga bir necha bor ro‘baro‘ kelishi har gal kitobxonning asarga singib ketishini, mutolaani sassiz davom ettirishini taʼminlaydi. Garovda qoldirilgan Mohimning Abdullaxon tomonidan qaytarib yuborilishini isnod tarzida qabul qilgan va undan qutulishni o‘ylab, qamal qilinishi aniq shaharga jo‘natgan badniyat otaning, mabodo qamaldan keyin tirik qolsa, o‘z qo‘li bilan o‘ldirib, xabarni shaxsan o‘zi yetkazishi tayinlangan Jontemir qamaldan-da og‘ir vaziyatda qoladi.... Yozuvchi, o‘limini iltijo bilan so‘rayotgan Mohim tasvirini shu qadar mahorat bilan tasvirlaydiki, go‘yo tarixning qaysidir qora sahifalari orasidan masʼuma xonzodaning shart uzilgan kallasi dumalab tushadi... Nomusi toptalishidan ko‘ra o‘limni afzal bilgan Mohimning nigohlaridagi minnatdorlikni ko‘rishi bilan Jontemir ham qamalchilar qo‘lida o‘lim topadi. O‘zi aytganidek, «ayrim tuyg‘ulardan so‘ng yashash gunoh... yashash xiyonat!»

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz, Hilol Nashr do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 40 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish