Qanday qullik tushdi muqovasi

Qanday qullik tushdi

Muallif: ma'lumot yo'q

Qog'oz
Kategoriya
Ma'lumot yo'q
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
9789910921186
Betlar soni
192
Yili
2024
Nashriyot
Yoshlar matbuoti
Muqova
Yumshoq

Munavvarqori Abdurashidxonov Markaziy Osiyo jadidchilik harakatining yo‘lboshchilaridan, XX asr o‘zbek milliy matbuoti va yangi usul maktablari asoschisi, yangi milliy teatr tashkilotchilaridan biri, adib va shoir. U usuli jadid maktabini ochgan va shu maktablar uchun maxsus o‘quv dasturini tuzgan, darsliklar yozib dars bergan. Munavvarqori Abdurashidxonov ijtimoiy-pedagogik faoliyat bilan birga badiiy ijod bilan ham shug‘ullangan. Uning ixcham hikoyalari, talaygina she’rlari o‘sha davrdagi matbuot va o‘zi tuzgan hamda yozgan darsliklarga kiritilgan. Shuningdek, u o‘tkir publitsist adib sifatida tanilgan. Misralarida inson va jamiyat, din va dindorlik, axloq, mustamlakachilik va hurriyat, ziyolilik, uyushma, tashkilot, davlat idorasi masalalariga alohida e’tibor qaratgan.  Munavvarqori Abdurashidxonov o‘z faoliyati davomida pedagoglik, matbuotchilik, muharrirlik, adiblik bilan cheklanmay, jiddiy siyosiy faoliyat ham olib borgan. Ushbu kitobdan uning maktablar uchun yozilgan tarix va geografiyaga oid asarlari, ijtimoiy-siyosiy va milliy ruhdagi maqola hamda hikoyalari o‘rin olgan.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz, Hilol Nashr do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 16 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish