Qirollar to'qnashuvi muqovasi

Qirollar to'qnashuvi

George Raymond Richard Martin

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
9789910835919
Betlar soni
992
Yili
2026
Nashriyot
Zabarjad media
Muqova
Qattiq

Jorj R.R. Martinning «Muz va Olov qo‘shig‘i» epopeyasi tarkibiga kiruvchi «Qirollar to‘qnashuvi» romani zamonaviy epik fentezi janrining yuksak namunasidir. U «Qahramonlik dostonlari» haqidagi o‘quvchi tasavvurini tubdan o‘zgartirib yuboradi. Bu gal «Taxtlar o‘yini» kitobida barchamizga qadrdon bo‘lib qolgan qahramonlar bilan sarguzashtlarni davom ettiramiz, ularning quvonch va qayg‘ulariga sherik bo‘lamiz. Muallif an’anaviy «ezgulik va yovuzlik kurashi» qoliplaridan voz kechib, kitobxon e’tiboriga hokimiyatning turfa tabiati, siyosiy ambitsiyalar va insoniy fojialarni havola etadi. Asarda jamiyat va shaxs munosabatlarining chuqur tahlili ham bayon etilgan bo‘lib, unda har bir qarorning og‘ir badali borligi shafqatsiz misollar orqali ochib beriladi. Tabiiyki, yozuvchiga xos xususiyat - tugallanmaganlik va sir ketidan sirlar shodasi - ushbu kitobning ham qatlariga singib ketgan. Martin sehr-joduni siyosiy o‘yinlarga ustalik bilan uyg‘unlashtiradi. Bir so‘z bilan aytganda, «Qirollar to‘qnashuvi» - dunyoqarashni olis ufqlar sari kengaytiruvchi, insonning shafqatsiz hamda ziddiyatli tabiati haqida o‘ylashga majburlovchi muhtasham san’at asari sifatida baholanadi.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz, Qamar do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 190 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish