Qisasi Rabg'uziy (2-kitob) muqovasi

Qisasi Rabg'uziy (2-kitob)

Nosiruddin Rabg'uziy

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
9789910897313
Betlar soni
400
Yili
2024
Nashriyot
Dunyo nashr
Muqova
Ma'lumot yo'q

“Rabg‘uziy qissalari” ma’nosini anglatuvchi “Qisasi Rabg‘uziy” asari olam va odamlarning yaratilishi, insonning komillik sari mashaqqatli va uzoq yo‘l bosib borayotganligi haqida hikoya qiladi. Ushbu asar musulmon dinini qabul qilgan e’tiborli mo‘g‘ul beklaridan biri Nosiruddin To‘qbug‘aning iltimosiga ko‘ra, hijriy 709 (milodiy 1310)-yilda yozilgan. Turkiy nasrning eng qadimiy namunalaridan biri hisoblangan ushbu asarda XIII asr oxiri - XIV asr boshlaridagi turkiy adabiyotning bir qator o‘ziga xos xususiyatlari juda yorqin namoyon bo‘lgan. Asosan payg‘ambarlar hayotidan hikoya qiluvchi bu asarning o‘ziga xos yaratilish tarixi bor. Musulmon Sharqida bu mavzuda “Qisas ul- anbiyo” (“Payg‘ambarlar qissasi”) nomi bilan mashhur ko‘plab asarlar yaratilgan. Lekin asarda yozilishicha, ularning “ba’zisi to‘g‘ri, ba’zisi ixtilofli. Shuning uchun ham bek To‘qbo‘g‘a adibdan “o‘qimoqg‘a keraklik, o‘rganmakka yarog‘liq” payg‘ambarlar qissalaridan iborat asar yozib berishini so‘ragan edi. Mazkur vazifani ulkan salohiyat, katta mahorat bilan uddalagan adibning asari «Qisasi Rabg‘uziy» yoki «Qisas ul-anbiyoyi turkiy» nomi bilan shuhrat topdi va asrlar osha o‘qib kelinmoqda.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 22 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish