Qiyofadosh muqovasi

Qiyofadosh

Fyador Dostoyevskiy

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
9789910875526
Betlar soni
224
Yili
2025
Nashriyot
OLTIN QALAM NASHRIYOTI
Muqova
Yumshoq

Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy (1821-1881) qalamiga mansub ushbu asar "Qiyofadosh" qissasi rus adabiyotida psixologik tahlilga asoslangan ilk asarlardan biri bo‘lib, inson ongidagi murakkabliklarni, "men" muammosini va ruhiyat mavzusini markazga qo‘yadi. Asar Peterburgda yashovchi davlat xodimi - Yakov Petrovich Golyadkin hayoti orqali insonning ichki dunyosidagi iztirob, o‘zligini yo‘qotish, yolg‘izlik va jamiyatdagi chetlatilganlik kabi muammolarni yoritadi. Voqealar rivoji haqiqat va xayolot chegarasida muvozanatlashgan, mahorat bilan yaratilgan obrazlarni va, Belinskiy ta’biri bilan aytganda, "hayratlanarli ruhiy kechinmalar”ni aks ettiradi. Asarda Golyadkinning hayoti tinch boshlanadi, ammo u kuni kelib o‘zining ikkinchi "men"i unga jisman juda o‘xshash, ammo tabiati, ijtimoiy salohiyati va fe’l-atvori bilan keskin farq qiladigan insonni uchratadi. Bu "qiyofadosh" qahramon hayotiga bostirib kiradi, uning o‘rnini egallashga harakat qiladi, shaxsiy, ijtimoiy va ruhiy barqarorligiga tahdid soladi. Asar voqealari orqali Dostoyevskiy o‘quvchini Golyadkinning ongiga, uning ichki tortishuvlariga chorlaydi. Bu ikki qiyofa haqiqiy shaxslarmi yoki faqat qahramonning xayolotining mahsulimi buni anglash qiyin. Bu qiyofadoshlik orqali muallif inson ruhiyatidagi ikki taraf - itoatkor va isyonkor, zaif va kuchli, kamtarlik va manmanlik - o‘rtasidagi ziddiyatni fosh etadi. Asarning bugungi kun uchun ahamiyati shundaki, unda nafaqat ma’lum bir insonga xos ruhiy muammolar yoritilgan, balki inson va jamiyat munosabatlari, shaxsning o‘z o‘rnini topa olmasligi va shu sababli ruhan yemirilishi falsafiy yondashuv bilan ko‘rsatilgan.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz, Qamar do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 31 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish