
Qiyomat va o'limdan so'ng
Abu Homid G'azzoliy
- Kategoriya
- Diniy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Kirill
- ISBN
- 9789943872899
- Betlar soni
- 384
- Yili
- 2025
- Nashriyot
- Munir
- Muqova
- Qattiq
Bu kitob inson hayotidagi eng muhim masalalardan biri - o‘lim va undan keyingi holatlar haqida so‘z yuritadi. Asar insonni dunyoviy hayotga qattiq bog‘lanib qolishdan ogohlantirib, oxiratni yodga olib yashash, hayotning har bir lahzasini ma’naviy komillik va taqvo bilan o‘tkazish zarurligini ta’kidlaydi. Unda o‘limning og‘irligi, qabr hayoti, farishtalarning so‘rog‘i, qayta tirilish, hisob-kitob, jahannam va jannat manzaralari keng qamrab olingan. Muallif bu mavzularni Qur’oni karim oyatlari, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam hadislari va solih zotlarning hikmatli so‘zlari bilan asoslab beradi. Kitob o‘quvchini nafsni tarbiyalash, gunohdan yuz burib, yaxshilikka intilish, dunyoga aldanmaslik va har doim oxiratni yodda tutishga da’vat etadi. Imom G‘azzoliyning samimiy va ta’sirli uslubi, qalbga ta’sir qiluvchi naqllari va ibratli hikoyalari bu asarni nafaqat ilmiy, balki ma’naviy, tarbiyaviy jihatdan ham boy manbaga aylantiradi.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz, Qamar do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 80 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish