Qizil ajdarho muqovasi

Qizil ajdarho

Tomas Harris

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
9789910708206
Betlar soni
448
Yili
2025
Nashriyot
Yangi asr avlodi
Muqova
Qattiq

Federal qidiruv byurosi ruhiy xasta jinoyatchilar shifoxonasida hibsda saqlanayotgan ruhshunos shifokor Gannibal Lekterning yordamiga muhtoj. Qobiliyatli izquvar Uill Grexem "Qotilni qotil tuta oladi" degan tamoyilga asoslanib, Amerika Qo'shma Shtatlarini zir titratayotgan "Tish parisi" laqabli beshafqat qotilni tutishda yordam beradi. Axir o'zi uchiga chiqqan jinoyatchi bo'la turib, Gannibal Lekter nega boshi berk ko'chaga kirib qolgan, mamlakatning manaman degan izquvarlariga tutqich bermas qotilni tutishda qimmatli maslahatlarini berishga rozi bo'lishi mumkin? Qamoqxonaning zerikarli muhitidan to'ygan Lekter ham bu iltimosga rozi bo'ladi. U Federal qidiruv byurosi izlayotgan jinoyatchini qo'lga olib, o'zidan-da aqlliroq qotil yo'qligini isbotlamoqchi bo'ladi. Psixologik triller janri bo'yicha eng yaxshi asarlar ro'yxatidan joy olgan jahon bestselleri "Qizil ajdarho" muallifi "The Washington Post" nashri tomonidan "Hech bir yozuvchi inson qalbida ildiz otgan zulmatni Harrisdan ko'ra chuqurroq va xolisroq yorita olmagan va yarata olmaydi ham", deya e'tirof etilgan. Stiven King esa "Harrisning trillerlarini mutolaa qilish go'yo qo'lning muzdek ipak uzra ohista harakatlanishiga o'xshaydi", deya ijobiy fikr bildirgan.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz, Hilol Nashr do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 56 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish