
Qizil tabletka
Andrey Kurpatov
- Kategoriya
- Ma'lumot yo'q
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Kirill
- ISBN
- 9789910873621
- Betlar soni
- 336
- Yili
- 2025
- Nashriyot
- Boshqa nashriyotlar
- Muqova
- Qattiq
Haqiqiy dunyo biz o'ylagandek emas, aslida. Bazan o'zimiz istagan hayotda yashamayotganimizni his etamiz. Go'yo Matrisada nosozlik yuz bergandek: yolg'izlikdan, hayotning manosizligidan aziyat chekamiz, chin istaklarimizni anglay olmay qolamiz. Boshqa, eng yaxshi hayotda yashashni xohlaymiz. Biroq, buni qay tarzda amalga oshirishni bilmaymiz. Gap shundaki, bizga baxt, muvaffaqiyat va sevgi haqida juda ko'p so'zlangan, biroq quvonchli hissiyotlar vaqtincha ekanini, muvaffaqiyat aslida chetdan ko'ringanidek emasligini, har qanday extiros esa, pushaymonlik bilan yakun topishini aytib, hech kim bizni ogohlantirmagan. Haqiqat bu. Kimdir "qizil dori"ni qabul qilishga tayyor, kimdir esa, o'zini "ko'k dori" - illyuziya va jaholat bilan zaharlashda davom etadi. Darvoqe, "ko'k dori"ni hattoki tanlashga ham hojat yo'q-ku, bu bizga tabiatan xos. Biroq, "qizil dori"ni, yani haqiqatni tanlash, qabul qilish, hazm qilish va murakkab ichki o'zgarishni boshdan o'tkazish kerak. Tabiiyki, mas'uliyat tanlov qilayotgan insonda bo'ladi.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 55 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish