
Qizil va qora
Mari-Anri Beyl
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Kirill
- ISBN
- 9789943562363
- Betlar soni
- 688
- Yili
- 2019
- Nashriyot
- Boshqa nashriyotlar
- Muqova
- Qattiq
Qo'lingizdagi ushbu kitob fransuz adibi MАRI-АNRi BEYL STENDАL qalamiga mansub "Le Rouge et le Noir" romanining rus tili orqali (fransuz tilidan rus tiliga Sergey Bobrov, Mariya Bogoslovskayalar "Красное и чёрное" nomi ostida tarjima qilishgan) ona tilimizga Hasan To'rabekov tomonidan qizil va qora nomi ostida tarjima qilingan koʼrinishidir. Shuni bilingki, badiiy asarni tarjima qilish (ayniqsa turkiy tillarga mansub boʼlmagan tildan tarjima qilish) asarni qaytadan yozish bilan teng qiyinchilikka ega. Shu tildagi iboralarni, soʼzlarni, jumlalarni yoki maqol-matallarni maromiga yetkazib tarjima qilish juda mushkul ish hisoblanadi. Chunki bunda tarjimondan bevosita eng kamida ikkita tilni mukammal bilish, shuningdek, o'sha til egalari - xalqning etnografiyasini, madaniyatini va tarixini mukammal bilish talab etiladi. Shuning uchun Hasan To'rabekov ham doimo xalqimizni ayniqsa, oʼquvchi yoshlarimizning tahsin-u tashakkuriga sazovor boʼlgan. Biz ham shular qatorida tarjimon - Hasan To'rabekovdan ushbu xizmatlari uchun behad xursandmiz! Ushbu kitob ilk bor oʼzbek tilida 1986-yilda chop etilgan. Bu davrdagi nashrida ayrim soʼz va jumlalarning maʼnosi izohlanmagan yoki ruscha soʼzlar, yoki baynalmilal jumlalar orqali berilgan edi. Bu holat bilan biz tarjimonlarni yoki oʼsha davr nashriyoti xodimlarini kamsitish fikridan yiroqmiz. Faqat hozirgi davr kitobxonlarining talab va iltimoslariga asosan asar tarjimasiga qoʼshimcha iqtiboslar kiritildi va asar hozirgi oʼzbek adabiy tili qoidalari asosida qayta tahrirlandi. Siz ushbu asarni oʼqir ekansiz, Fransiya Napoleonning hokimiyati tugagandan keyin jamiyatda qanday oʼzgarishlar boʼlganini, bu o'zgarishlarning asarning asosiy qahramoni Jyulen Sorel hayotida qanday rol o'ynagani bilib olasiz. Shuningdek, adib asarda tarixni shunchaki yoritib yozmagan, balki unda (boshqa asarlarda boʼlgani kabi) ishq-muhabbat, odamiylik, eʼtiqod va vijdon erkinligini ulugʼlagan.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz, Qamar do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 25 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish