
Qo'rqmang, onajon
Muallif: ma'lumot yo'q
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- 9789910996160
- Betlar soni
- 260
- Yili
- 2024
- Nashriyot
- G'afur G'ulom
- Muqova
- Ma'lumot yo'q
Mashhur gruzin adibi Nodar Dumbadze (1928 - 1984)ning ijodi o'zining chuqur lirizmi, dramatizmi, hazil-mutoyibasi bilan boshqa yozuvchilar ijodidan farqlanib turadi. Adib asarlarida yaxshilik va yomonlik, haqiqatga intilish, sevgi-muhabbat motivlari sodda, tushunarli uslubda talqin etiladi. Dumbadzening ko'pgina asarlari ("Abadiyat qonuni", "Oq bayroqlar", "Men, buvim, Iliko va Illarion" romanlari, "Kukaracha" qissasi va bir qancha hikoyalari) o'tgan asrning 80-yillaridan o'zbek tiliga tarjima qilina boshlagan va kitobxonlar mehrini qozongan edi. Buning boisi - yozuvchi asarlari o'zbek kitobxonlari ruhiyatiga yaqin. Odamiylik, vatanparvarlik, do'stga sadoqat, milliylik, sevgi- muhabbat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat kabi fazilatlar bu asarlar tub mohiyatini belgilaydi. Shu bois adib qahramonlari o'quvchiga tanish odamlarday tuyuladi. Bundan "Qo'rqmang, onajon" romani ham mustasno emas. Mazkur asarda chegarachilar hayoti oddiy askar Avtondil (Jakeli ham deb atashadi) misolida yorqin bo'yoqlarda tasvirlangan. Gruzin adibining asarlari ko'plab xorij xalqlari tillariga tarjima qilingan va ularning ma'naviy mulkiga aylangan.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 25 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish