Qotilning psixologik portreti muqovasi

Qotilning psixologik portreti

Muallif: ma'lumot yo'q

Qog'oz
Kategoriya
Jahon adabiyoti
Til
O'zbek
Yozuvi
Kirill
ISBN
9789943208971
Betlar soni
496
Yili
2022
Nashriyot
Yangi asr avlodi
Muqova
Qattiq

Ushbu kitob, muallif taʼkidlaganidek, Gollivudning navbatdagi blokbasteri yoxud trilleri emas. Bu yigirma besh yil davomida Аmerika Qoʼshma Shtatlari Federal qidiruv byurosi maxsus agenti Jon Duglasning oʼzi guvoh boʼlgan eng ogʼir jinoyatlar: vahshiy ketma-ket qotilliklar, oʼgʼirlash va bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qilish orqali sodir etilgan qotilliklar bilan bogʼlik mingdan ortiq tergov ishlari yoritilgan kitobdir. Unda muallif oʼzi ishlagan Tergovga koʼmaklashish boʼlimining jinoyat joyidan olingan fotosuratlar asosida oʼzlari ishlab chiqqan usul qotilning shaxsiyatini tahlil qilish orqali jinoyatchini fosh etish yoʼllarini mufassal bayon etarkan, mutaxassislarning nafaqat jinoyatchi turini aniq koʼrsatibgina qolmay, uning jinoyat sodir etilgandan keyingi xatti-harakatlarini ham tasvirlab berish tajribalari bilan oʼrtoqlashadi. Eng muhimi, muallif, yuqorida qayd etilgan jinoyatlarning oldini olish haqida soʼz yuritar ekan, zoʼravonlik jinoyatlari sonini kamaytiruvchi yagona qurol - jinoyatchilar yetishtirishni toʼxtatish ekani, bu boradagi haqiqiy kurash oiladan, farzandlarni toʼgʼri tarbiyalashdan boshlanishi kerakligini bot-bot takrorlaydi. Farzand tarbiyasi yoʼlidagi ushbu qurolga har zamon ehtiyojimiz bor ekan, demak, bu qurolni ishlatish yoʼl-yoʼrigʼi jamlangan mazkur kitobni farzand ulgʼaytirayotganlarning barchasiga ilindik.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz, Qamar do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 60 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish