
Qotilning tug'ilishi
Abdulla Qahhor
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- 9789943925922
- Betlar soni
- 160
- Yili
- 2023
- Nashriyot
- Zabarjad media
- Muqova
- Yumshoq
"Qotilning tug'ulishi" qissasining qo'lyozmasi saqlanib qolmagan, kitob holida esa 1933-yilda chop etilgan. Qissada mustaqil hayot yo'lida adashgan Sattor ismli yigitning boshidan kechirganlari, uning fojiasi hikoya qilinadi. Nazarimizda, asar nafaqat 1930-yillar balki hamma davrlarda ham inson va uning tarbiyasida jamiyat va muhitning tutgan o'rnini ko'rsatish nuqtayi nazaridan dolzarbdir. Sattor sarguzasht izlab kolxozga boradi, poyezdlar bo'ylab kezadi, sandiroqlaydi. Xudparastlik sari ildamlayveradi. Natijada, o'z nafsi tufayli, o'g'irlikka qo'l urib, poyezd tagida qolib, oyoqlaridan ajraladi. Uning birdan bir do'sti - iti tark etmaydi. Ammo takyadagi «nondo'stlari»ning gapi bilan u o'z do'stini o'ldiradi. Mana - qissaning nega «Qotilning tug'ulishi» deya atalishining sababi. Sattor, it bo'lsa-da, vafodor do'stining qotili bo'lish darajasiga yetdi, bir qotil jamiyatda paydo boʻldi. Uning uchun endi hech qanday muqaddas tushuncha ham, ishonch ham yo'q.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz, Hilol Nashr do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 22 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish