Quyosh hali botmagan muqovasi

Quyosh hali botmagan

Luqmon Bo'rixon

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
Nashrga qarab farq qiladi
Betlar soni
Nashrga qarab farq qiladi
Yili
Nashrga qarab farq qiladi
Nashriyot
Nashrga qarab farq qiladi
Muqova
Nashrga qarab farq qiladi

Luqmon Bo‘rixon - o‘quvchilarga ko‘proq qissanavis sifatida tanilgan yozuvchi. Uning qalamiga mansub "Xizr ko‘rgan yigit", "Qidiruvdagi qiz", "Sirli muallim", "Bir tomchi yosh" singari qissalar o‘tkir syujeti, betakror insoniy taqdirlar aks ettirilgani, tilining jozibadorligi, tasvirning samimiyati, eng muhimi, qahramonlar ruhiyatining sof o‘zbekcha ifodalangani bilan kitobxonlarni o‘ziga rom etadi. "Quyosh hali botmagan" qissasidagi tasvir shu qadar jonli va yuqumliki, o‘quvchi beixtiyor o‘zini qahramonlar aks ettirilayotgan vaziyatga tushib qolganday, ular bilan birga yashayotganday his qiladi. Qissada bir-biriga ham do‘st, ham raqib bo‘lmish ikki o‘spirin yigitning g‘oyat o‘xshash va ayni vaqtda, o‘ta farqli shaxsiyatiga xos jihatlar juda nozik aks ettiriladi. Qissaning tili g‘oyat ta’sirli va shirali ekani bilan e’tiborni tortadi. Yozuvchining ushbu kitobidan o‘rin olgan qissa va hikoyalar sizni g‘aroyib taqdirli, ruhiyat dunyosi xilma-xil tirik odamlar bilan uchrashtirib, ularning dard-u quvonchlari, fikr-u o‘ylari bilan oshno qiladi. Bu timsollar bilan uchrashuv hamda ularning o‘ziga xos taqdir yo‘li bilan tanishuv, shubha yo‘qki, o‘quvchi ruhiy olamida tozarish yuz berishiga xizmat qiladi.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz, Qamar do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 15 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish