
Risolai Qushayriya
Abul Qosim ibn Havozin Al-Qushayriy
- Kategoriya
- Diniy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Kirill
- ISBN
- 9789910601507
- Betlar soni
- 592
- Yili
- 2026
- Nashriyot
- Yangi asr avlodi
- Muqova
- Qattiq
Ushbu asar tasavvuf ilmidagi eng mashhur va ishonchli manbalardan biri bo'lib, u buyuk mutasavvif, orif olim Imom Abul Qosim Abdulkarim ibn Havozin ibn Abdulmalik ibn Talha ibn Muhammad an-Nishopuriy al-Qushayriy qalamiga mansubdir. Asar tasavvuf ilmining asosiy tushunchalari, ahli tariqatning odob-axloqi, ruhiy tarbiya usullari va qalb poklanishining yo'llarini mukammal tarzda bayon qiladi. Muallif so'fiylikni bid'at yoki havoyi nafsga berilgan yo'l emas, balki Qur'on va sunnatga asoslangan ma'naviy tarbiya maktabi sifatida asoslab tushuntiradi. Kitobda tavba, sabr, shukr, ixlos, taqvo, tavakkul, zikr, muhabbat, ma'rifatulloh kabi muhim maqom va hollar keng sharhlanadi. Shuningdek, ilk so'fiy zotlarning qisqacha tarjimai hollari keltirilgan bo'lib, ularning hikmatli so'zlari ibratli hayot yo'llari o'quvchiga ruhiy ozuqa beradi.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 100 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish