
Robinzon kruzo
Muallif: ma'lumot yo'q
- Kategoriya
- Bolalar adabiyoti
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- 9789943552418
- Betlar soni
- 208
- Yili
- 2019
- Nashriyot
- Ilm-Ziyo-Zakovat
- Muqova
- Ma'lumot yo'q
AZIZ KITOBXONLAR! Qo'lingizdagi ushbu kitob DANIYEL DEFO (1660-1731) qalamiga mansub "Robinson Crusoe" romanining rus tili orgali (ingliz tilidan rus tiliga Ivan Belov "Путешествия и удивительные приключения Робинзона Kpysos" tarjima qilishgan) Yo'ldosh Shamsharov tomonidan"Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashilari" nomi ostida tarjima qilingan ko'rinishidir. Shuni bilingki, badity asarni tarjima qilish (ayniqsa, turkiy tillarga mansub bo'lmagan tildan tarjima qilish) shu asarni qaytadan yozish bilan teng qiyinchilikka ega. Shu tildagi iboralarni so'zlarni, jumlalarni yoki maqol-matallarni maromiga yetkazib tarjima qilish juda mushkul ish hisoblanadi. Chunki bunda tarjimondan bevosita eng kamida ikkita xorijiy tilni mukammal bilish, shuningdek, o'sha til egalari - xalqning turmush-tarzi, etnografiyasini, madaniyatini va tarixini mukammal bilish talab etiladi.Shuchun Yo'ldosh Shamsharov ham doimo xalqimizning, ayniqsa, o'quvchi yoshlarimizning tahsin-u tashakkuriga sazovor bo'lgan. Biz ham shular qatorida tarjimon - Yo 'ldosh Shamsharovdan ushbu xizmatlari uchun behad xursandmiz! "Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari" romani - jahon adabiyotining o'lmas durdonalaridan biri hisoblanadi! Ushbu vatanimizda ham bir necha bor qayta chop etilgan. Chunki har doim bu kitobga talab katta bo 'lgan. Asarni o'qish davomida biror joyda mantiqsizlikka duch kelmaysiz. Asarning asosiy qahramoni Robinzon Kruzo bo 'lsa ham, adib asarda inson ongining nimalarga qodir ekanligini tasvirlashni asosiy maqsad qilib olgan. Chunki insonning nimaga qodirligi uning nimaga majburligidan kelib chiqadi. Ushbu kitob ilk bor o'zbek tilida 1965-yilda chop etilgan. Bu davrdagi nashrida ayrim so'z va jumlalarning ma'nosi izohlanmagan yoki ruscha so'zlar, yoki baynalmilal jumlalar orqali berilgan edi. Bu holat bilan biz tarjimonlarni yoki o'sha davr nashrivoti xodimlarini kamsitish fikridan yiroqmiz. Faqat hozirgi davr kitobxonlarining talab va iltimoslariga asosan asar tarjimasiga qo'shimcha iqtiboslar kiritildi va asar hozirgi o'zbek adabiy tili qoidalari asosida qayta tahrirlandi.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish