
Ruhiyat parhezi
Muallif: ma'lumot yo'q
- Kategoriya
- Psixologiya va Shaxsiy rivojlanish
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Kirill
- ISBN
- 9789943859487
- Betlar soni
- 176
- Yili
- 2023
- Nashriyot
- Yangi asr avlodi
- Muqova
- Qattiq
Ushbu kitobda ruhiy salomatlikka erishishdagi chegaralar koʼrsatilgan. Nima qilish va nima qilmaslik orasida kechuvchi qalb xotirjamligi borasida muallif oʼz fikrlarini bildiradi. Аsar tibbiyot bilan bogʼliqlikda yozilgan. Bashariyat ruhiyatidagi uzoqni koʼra olmaslik xastaligi tanamizdagi koʼz kasalligi-miopiya bilan taqqoslab ochib beriladi. Bunda koʼzlarga koʼzoynak yordam berganidek, ruhiyatimiz ham «koʼzoynak»ka muhtojligiga ishora qilinadi. Oʼziga maftunlar oʼz kamchiliklarini koʼrmasliklari, koʼrishga urinmasliklari ham ruhiy kasallik ekani aytiladi. Shakl va mazmunni insonlar qabul qilishida shaklga oʼchlik haqida toʼxtalinib, ruh va tana munosabatida ham vujud kasalliklari, tanani rivojlantirish, mashq qildirish asosiy oʼringa chiqib, ruhiy tarbiya, ruhiy muvozanat chetda qolganiga urgʼu beriladi. Yozuvchi oʼlim haqidagi xabarni gazetada oʼqib unchalik taʼsirlanmagani va media vositalarida koʼrsatilganda, video, ovozlar joʼrligida olgan taassuroti sabab kechasi uxlolmaganini hikoya qiladi. Va mazmun shunchalar shaklga tobe boʼlib qoldimi degan dolzarb savolni oʼrtaga tashlaydi. Shu oʼrinda oʼquvchi ham oʼyga toladi: insonlar uchun ruh birlamchimi yoki tana?
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 26 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish