Sabo va Samandar muqovasi

Sabo va Samandar

Muallif: ma'lumot yo'q

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Kirill
ISBN
9789943204805
Betlar soni
368
Yili
2022
Nashriyot
Yangi asr avlodi
Muqova
Qattiq

U qanday tuygʻuki, odamzod u bilan hamnafas, u bilan sirdosh?! Usiz yashash mumkinmi? Uni unutish va usizlikka koʻnikish qanchalik oson yoki qiyin? Unga ism qoʻy desalar, nom topolamizmi? Isteʼdodli adib Ulugʻbek Hamdamning mazkur “Sabo va Samandar” asari oʻquvchini muhabbat girdobiga gʻarq qiladi. Azobi bilan qadrli boʻlgan hijron yashashga undaydi. Oʻylatadi... Hayotning mazmuni nima edi, turmushning fayzi, orzularimizning chegarasi qayerda?! Sevgi bilan va sevgisiz yashayotgan odamning qarashlarida qanday farq bor, turmush tarzida-chi? Bosh qahramonlar Sabo va Samandar ilk uchrashuvdayoq bir-birlarini sevishlarini anglashdi. Hijron muhabbatni olovlantirdi. Ayriliqqa bosh egishdi, oilaga xiyonat qilishmadi, ammo sevgisiz yashab boʻladimi? Bolaligida doʻst boʻlgan Samandar va Sherdil, ulgʻaygach qarshi fikrlar koʻlankasida qolishdi. Sherdil tomonidan Samandarga atalgan soʻnggi soʻz - iqror har qanday oʻquvchi qalbini junbishga keltiradi. Eh, inson, togʻlarga intilasan, aslida muhabbatda ham, sabrda ham togʻni dogʻda qoldirarkansan... Togʻlar faqat uzoqdan mahobatli koʻrinadi, ammo siyratingda qanchalik buyuk muhabbat bor, qanchalik ulugʻ sabr bor, qanchalik sobit sadoqat bor...

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz, Hilol Nashr do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 36 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish