Safar kitobi muqovasi

Safar kitobi

Muallif: ma'lumot yo'q

Qog'oz
Kategoriya
Diniy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Kirill
ISBN
9789943814561
Betlar soni
208
Yili
2022
Nashriyot
Hilol nashr
Muqova
Yumshoq

Har bir inson umri davomida tugʼilib-oʼsgan joyidan boshqa biror yurt yoki shaharga albatta safar qiladi. Insonning vatanidan yoki yashab turgan joyidan chiqib, uzoq masofani kesib oʼtishi «safar» deyiladi. Safar asosan haj yoki umra niyatida, ilm olish, ustozlar va ulugʼlarni ziyorat qilish niyatida, tijorat, nafs riyozati, koʼngil yozish, sayr-tomosha qilish hamda boshqa maqsadlarda qilinadi. Аslida muboh sanalgan bu ish safar qiluvchining niyatiga qarab, ibodat darajasiga koʼtarilishi mumkin. Paygʼambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam: «Safar qilinglar, salomat boʼlasiz», deb marhamat qilganlar. Ulamolar qadimdan safar odoblariga katta eʼtibor berishgan. Ular safarning turlarini, foyda-zararlarini, safarda nima muhimu, nima mumkin emasligini batafsil bayon qilib berishgan. Bugun siz azizlarning eʼtiboringizga taqdim qilinayotgan «Safar va unga oid Fiqhiy masalalar» kitobi oʼz nomiga muvofiq, safar qilish bilan bogʼliq fiqhiy masalalarni oʼz ichiga olgan. Kitobda safarning taʼrifi, safarning turlari, undan koʼzlangan maqsadlar, safarga tayyorgarlik koʼrish, ayollarning safar qilishi, ibodatlarning safar chogʼida ado etilishi, musofirning odobi, asliy va istiqomat vatani haqidagi tushuncha va shu kabi safar bilan bogʼliq koʼpgina fiqhiy hukmlar bayon qilingan. Shuningdek, safar chogʼidagi duo va zikrlarga ham keng oʼrin berilgan.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz, Hilol Nashr, Qamar do'konlaridan 3 ta taklif topildi, narxi 47 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish