
Samaradorlik san'ati
Ali Abdaal
- Kategoriya
- Psixologiya va Shaxsiy rivojlanish
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- 9789910708893
- Betlar soni
- 256
- Yili
- 2025
- Nashriyot
- Yangi asr avlodi
- Muqova
- Ma'lumot yo'q
Har bir inson tanlagan sohasida yuqori marralarni zabt etishni istaydi. Qalblarni bunday orzu junbishga keltirishi tabiiy hol. Bolalikdagi cheksiz orzularimiz ulg‘ayganimizda turli o‘zgarishlarga uchraydi, chunki endi teranroq fikrlaymiz va yashayotgan muhitimizda nimalar qo‘limizdan kelishini inobatga olamiz. Biroq nima bo‘lgan taqdirda ham faoliyatimizda muvaffaqiyat qozonish orzusini bir dam bo‘lsin chetlamaymiz. Albatta, ko‘ngilda yaxshi orzular bo‘lishi yoqimli, ammo ularni qay yo‘sinda haqiqatga aylantiramiz? Javob oddiy: tajriba orttirib, ularni puxta tuzilgan rejamizda samarali ishlatgan holda natijaga erishamiz. Tajriba esa, yillar davomida mashaqqatli o‘tgan amaliy harakatlar yoki nazariy bilimlarni oqilona o‘zlashtirish orqali hosil bo‘ladi. Ushbu kitobda muallif Ali Abdaal o‘zining hayotiy tajribalarini siz aziz kitobxon bilan bo‘lishadi. To‘g‘ri, asarda keltirilgan ma’lumotlarni hayot tarzingizga moslashtira olmasligingiz mumkin, biroq ularni tahlil etgan holda o‘zingizning noyob qirralaringizni kashf etishda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishingiz mumkin. Sizni jiddiy kitob mutolaasiga taklif etayotganimizdan xursandmiz!
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 40 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish