Sarob muqovasi

Sarob

Abdulla Qahhor

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
9789910953279
Betlar soni
272
Yili
2024
Nashriyot
Turon Zamin
Muqova
Yumshoq

Abdulla Qahhorning «Sarob» romanini o‘zbek va qardosh xalqlarning bir qancha adiblari o‘zlari uchun mahorat maktabi, deb bilganlar. Asardagi chuqur psixologik tahlil namunalaridan, xarakter va holat yaratish usullaridan, syujet va kompozision yaxlitlikka erishish yo‘llaridan, ayniqsa, badiiy tilning jozib tovlanishidan saboq olganlar va olmoqdalar. Roman yaratilgan paytidan buyon adabiyotshunoslikning diqqat markazidan tushmay, hali-hamon qizg‘in bahslarga sabab bo‘lmoqda. Asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlaryni jiddiy va batafsil tahlil qilgan adabiyotshunoslar O. Sharafiddinov, M. Qo‘shjonov, U. Normatov, V. Smirnova, M. Sultonova ishlari, nafaqat qahhorshunoslikning, balki o‘zbek romanshunosligining ham salmoqli yutuqlari bo‘lib qoldi. Biroq «Sarob»ga oid maqolalarda romanning yozilish tarixi, muallifni bu ishga jazm etishida hal qiluvchi rol o‘ynagan sabablar haqida bir-birini takrorlovchi taxminiy mulohazalardan nariga o‘tilmagan. Xususan, ushbu masala ko‘tarilganida adabiyotshunoslarimiz A. Qahhorning «Bir xatga javob»idagi quyidagi qisqa izohni keltirishadi: «30-yillarning boshlarida taqdir meni burjo‘a millatchilariga ro‘para qildi, bular mening nafrat va g‘azabimni qo‘zg‘atdi, ya’ni muvozanatimni buzdi. Men o‘zimda uyg‘ongan bu tuyg‘uni boshqalarda ham uyg‘otishga yengib bo‘lmas xohish sezdim. Buning natijasi bo‘lib «Sarob» romani vujudga keldi».

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz, Qamar do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 18 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish