Savdogar sahobalar yohud saodat asrida tijorat muqovasi

Savdogar sahobalar yohud saodat asrida tijorat

Muallif: ma'lumot yo'q

Qog'oz
Kategoriya
Diniy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Kirill
ISBN
9789943943636
Betlar soni
256
Yili
2023
Nashriyot
Nasim Kutub
Muqova
Qattiq

Bandalarining rizqiga kafil bo‘lgan, ularga har lahza ne’matlarini yog‘dirib turuvchi Razzoqu Karim Allohga cheksiz hamdu sanolar bo‘lsin! Bilmaganlarimizni o‘rgatgan, Allohga qanday ibodat qilishimizni ko‘rsatib bergan yo‘lboshchimiz, benazir rahbarimiz, bizga namuna va o‘rnak bo‘lgan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamga salavotu salomlarimiz bo‘lsin! Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tarbiyalagan, nubuvvat mayog‘ida Qur’onning hayotbaxsh oyatlari bilan qiyomga kelgan, shu jihatlari bilan o‘zi Allohdan rozi bo‘lib, Alloh azza va jalla ham ulardan rozi bo‘lgan, ismlarini bilib - bilmaganimiz, risolat bo‘stonining gullari bo‘lmish barcha as'hobi kiromga salomlar bo‘lsin! Tijorat hayotida pul topish, boshqa hamkasblar bilan raqabotbardoshlik va shuncha narsaga qaramay, qalbni sog‘ - salomat muhofaza qilish, asrab - avaylash oson emas. Bir tijoratchi buni amalga oshirishi uchun quyidagi qoidalarga qattiq ahamiyat berishi lozim: — Mustahkam va to‘g‘ri aqidaga ega bo‘lish; — Tijorat (savdo) fiqhini teran o‘rganish; — Sadoqatli va solih do‘stlar orttirish; — Tijoratga Allohni sherik qilib olish; — Eng oliy haqiqat bo‘lmish o‘limni doim yodda saqlash Bular musulmon tijoratchining doim yodida, xayolida va qalbida bo‘lishi kerak bo‘lgan qoidalardir. Avvalo, mustahkam va to‘g‘ri aqidaga ega bo‘lish lozim. Aqida har narsaning poydevorini tashkil qilgani bois, bu birinchi o‘ringa qo‘yiladi.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 63 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish