
Sharqiy ekspressdagi qotillik
Agata Kristi
- Kategoriya
- Jahon adabiyoti
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Kirill
- ISBN
- 9789943209343
- Betlar soni
- 321
- Yili
- 2022
- Nashriyot
- Yangi asr avlodi
- Muqova
- Yumshoq
Agata Kristi bir necha marta muhtasham «Sharqiy ekspress» poyezdida sayohat qilgan. 1931-yilning dekabrida Turkiyadan Angliyaga qaytishi, ayniqsa, esda qolarli bo‘lgan, chunki sayohat davomida ob-havo yomonligi tufayli ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelgan. Yana bir hodisa — 1929 yil yanvarida «Sharqiy ekspress» qor bo‘roniga uchrab, olti kun to‘xtab qolgani ham asar g‘oyasiga turtki bergan. Bundan tashqari, 1932 yilning martida taniqli amerikalik uchuvchi Charlz Lindbergning bolasi o‘g‘irlab ketilishi roman syujetiga asos bo‘lgan. Roman ilk bor 1934-yil 1-yanvarda Buyuk Britaniyada nashrdan chiqqan. 2015-yilda Kristi ijodi muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, «Sharqiy ekspressdagi qotillik» ommabopligi jihatidan «Unta negr bolasi»dan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallaydi. Asar Amerikada «Barcha davrlardagi 100 ta eng yaxshi detektiv roman» ro‘yxatiga kiritilgan.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz, Qamar do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 30 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish