Sharqona muhabbat imzosi muqovasi

Sharqona muhabbat imzosi

Muallif: ma'lumot yo'q

Qog'oz
Kategoriya
Diniy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Kirill
ISBN
9789910938443
Betlar soni
292
Yili
2022
Nashriyot
Nasim Kutub
Muqova
Ma'lumot yo'q

Bu kecha bir tush ko'rdim. Mening tilimga o'xshamagan tilda gapiradigan lablar qulog'imga bir necha harf shivirladi. Avvaliga tushunmadim, bu harflarning ma'nosini tushuna olmadim. Moviy va qizg'ish rang o'rtasidagi ranglar ko'zimga tashlana boshladi. Boshqa ranglar birma-bir ko'z o'ngimdan o'chib borayotgan bir payt qizg'ish ranglar aro bir odamni ko'rib qoldim. Sen shoirsan! dedim. Nega og'zingdan chiqayotgan so'zlar bunchalar kamyob? Mana bu harflar-chi, nima degani? Tushunmayapman! U nigohini ko'zlarimga tikdi va: Sen o'qimagin, faqat tinglagin! - dedi. Tinglash uchun esa sukut saqlash kerak ekan. Men jim qoldim, xolos. Qani, o'zim eshitgan narsalarni yoza olganimda edi... Tinglaganlarimni tushuntirib bera olsam edi! Xotiramda faqatgina uchta tovush qoldi. Uchta yo'qolgan harf... Shu tunda shoirlar tush ko'rish uchun uxladilar. Har bir shoirga bittadan harf nasib bo'ldi. Bu tushda ulardan biriga sukut, boshqasiga visol, yana biriga esa kuyib-yonish nasib etdi. Shoirlar "Ishq" deb aytgilari keldi. Bu so'zni ayta olmadilar. Har bir shoir kaftimga bittadan harf bitdi. Qizgʻish-moviy tovlanadigan siyoh ila koʻz qorachigʻimga mana shu uchta harfni bitdilar... Shu tunda men uchta harf eshitdim. Uch harf — “ayn”, “shin” va “qof”.…

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 65 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish