
Shum bolaning yangi sarguzashtlari
Shukur Jabbor
- Kategoriya
- Bolalar adabiyoti
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- 9789910708121
- Betlar soni
- 176
- Yili
- 2025
- Nashriyot
- Yangi asr avlodi
- Muqova
- Yumshoq
Biz bugun sevib o‘qiyotgan kitoblarni yigirma-o‘ttiz yil o‘tib, balki, varaqlagimiz ham kelmas, xohish topa olmasmiz. Lekin G‘afur G‘ulomning “Shum bola” qissasini esa har gal, har qanday yoshda bolalik sho‘xliklarini qo‘msab, sog‘inib, mutolaa qilishga ehtiyoj sezamiz. Adibimiz bu qissasi tasviriy vositalarga boyligi bilan boshqa asarlaridan ajralib turadi. “Shum bola”ning mantiqiy davomini yozishni niyat qilgan ijodkor Shukur Jabbor asar bosh qahramonining Hindistonga safarini bir-biridan qiziq voqealar bilan bayon etadi. Mutolaa davomida Shum bolaning sarguzashtlari xayolingizda jonlanadi. Darvoqe, kitob avvalida G‘afur G‘ulomning “Shum bola” asaridan parcha keltirib o‘tilgan. O‘ylaymizki, bu qissa milliy adabiyotimizda yangilik bo‘ladi. Asar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida 2013-yil 8-oktyabrda muhokamaga qo‘yilgan va ijobiy baho olgan.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz, Hilol Nashr do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 18 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish