
Siyratim sadosi
Muallif: ma'lumot yo'q
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Kirill
- ISBN
- 9789943209923
- Betlar soni
- 432
- Yili
- 2022
- Nashriyot
- Yangi asr avlodi
- Muqova
- Qattiq
O'zbekiston xalq shoiri, davlatimizning bir qator yuksak ordenlari sohibi, publitsist, jamoat arbobi Mahmud Toir bu yil o'zining qutlug' yetmish yoshini qarshiladi. Shu bois shoirimizning bugungacha yozgan barcha asarlari jamlanib, saralandi hamda to'rt jildlik saylanma tuzildi. Saylanmaning ilk jildi — «Siyratim sadosi» nomli kitobga shoirning 1991-2002 yillari yozgan ona Vatan, istiqlol, milliy g'urur, ota-ona, do'stlik, muhabbat, mehr-oqibat kabi yuksak insoniy tuyg'ular tarannumiga bag'ishlangan sheʼrlari jo bo'ldi. Аytish joizki, ular shoirning turli yillarda chop etilib, muxlislari tomonidan qo'lma-qo'l o'qilgan, mashhur hofizlar tomonidan kuyga solingan, hamon qo'ldan qo'yilmaydigan — «Аyt endi, yuragim» (1991), «Biz nechun uchrashdik» (1992), «Muhabbat shevasi» (1995), «Oqib ketgan armonlar» (1996), «Barmoqlar bodasi» (1998), «Xaqni tanib» (1999) va «Saylanma» (2002) singari kitoblarini bezagan sheʼrlardir. Shuningdek, «Siyratim sadosi»ga shoirning xalqimizga keng tanilishida, ayniqsa, ustoz adiblarning mehrini qozonishda muhim ahamiyatga ega dostonlaridan ikkitasi — «Oqib ketgan armonlar» va «Otamning o'kinchi» asarlari ham kiritildi.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish