
Sog'lom e'tiqod va tarbiya kitobi
Abdumurod Tilavov
- Kategoriya
- Diniy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- 9789910716089
- Betlar soni
- 224
- Yili
- 2024
- Nashriyot
- Muharrir nashriyoti
- Muqova
- Ma'lumot yo'q
Mazkur kitobda iymon, islom, axloq-odobga doir eng muhim masalalar savol-javob uslubida, diyorimiz musulmonlari amal qilayotgan hanafiy mazhabi asosida sodda uslubda bayon qilingan. O‘quvchining imkoniyati va qiziqishlari inobatga olinib, har mavzudan so‘ngra ibratli hikoyat va rivoyat, muborak kalomlar, shuningdek, dunyo mutafakkirlarining hikmatli so‘zlari, "Qobusnoma” asaridan parchalar va Luqmoni Hakimning o‘g‘liga nasihatlari, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband kabi zotlarning muborak o‘gitlari bayon etilgan. Alisher Navoiy, Maxtumquli, Boborahim Mashrab va boshqa shoirlarimizning nazm javohirlari kitobning mazmun-mohiyatini yanada boyitgan. Ulug‘ vatandoshimiz Imom Abu Mansur Moturidiyning "Pandnoma" nomli asaridan ayrim boblar, Imomi A’zam Abu Hanifaning “Fiqhul akbar” asari, shuningdek "Qirq hadis, hikmat, maqol" bilan ham ushbu kitobning ilova qismida bahramand bo‘lasiz.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz, Qamar do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 32 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish